Hi, Guest! Soat: 21:56
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
WTA reytingi. Top-20 o'zgarishsiz, "malikalarimiz"ning barida pasayish
  21 Noyabr, 10:00  16

.

WTA tashkiloti ham professional ayol tennischilarning haftalik yangi reytingini elon qildi.

Dunyo tennis malikalari Top-20`taligida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Tennis malikalari o'tgan haftadagi o'z o'rinlarini saqlab qolishdi. Iga Svyontek reyting peshqadami bo'lib turibdi. Belaruslik Arina Soblenko ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka amerikalik Gori Goff yakun yasagan. 

Afsuski, bu haftada tennischi qizlarimizning barida pasayish kuzatildi. Birinchi raketkamiz Nigina Abduraimova 21 pog'onaga pastlab, 244-o'ringa tushib ketdi. Sevil Yuldasheva 2, Milan Maslenkova esa 5 o'rin quyiga sho'ng'idi.  

WTA reytingi. 20 noyabr kungi holat

1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 9295 ochko

2. (2) Arina Sobolenko (Belarus) - 9050

3. (3) Kori Goff (AQSH) - 6580

4. (4) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 6365

5. (5) Jessika Pegula (AQSH) - 5975

6. (6) Ons Jaber (Tunis) - 4195

7. (7) Marketa Vondroushova (CHexiya) - 4075

8. (8) Karolina Muxova (CHexiya) - 3651

9. (9) Mariya Sakkari (Greciya) - 3620

10. (10) Barbora Kreychikova (CHexiya) - 2880...

O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

244 (223). Nigina Abduraimova – 292

972 (970). Sevil Yo'ldosheva – 19

1347 (1342). Milana Maslenkova – 4



Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»