![]() |
Taniqli aralash yakkakurash ustamiz Mavlud Tifiev navbatdagi jangini 4 noyabr kuni Germaniyada tashkil etiladigan IFC turnirida o'tkazadi. Hamyurtimizga shu kuni mezbonlar vakili Yaroslav Lier raqiblik qiladi.
Eslatib o'tamiz, yarim engil vazn toifasidagi hamyurtimiz so'nggi jangini 21 iyul kuni Tailandning Bangkok shahrida muay-tay bo'yicha tashkil etilgan ONE Lumpinee 26 turniri doirasida tailandlik Remboga qarshi o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan edi.
Manba: olamsport.com
Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»