Hi, Guest! Soat: 09:27
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Devis Kubogi reytingi. O'zbekistonning o'rni o'zgardi, CHexiya Top-10`ga kirib oldi
  19 Sentyabr, 10:16  22

.

Dam olish kuni o'tkazilgan Devis Kubogi natijalaridan kelib chiqqan holda yangilangan reyting elon qilindi.

Devis Kubogi erkaklar terma jamoalari o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblanadi. O'zbekiston terma jamoasi 16-17 sentyabr kunlari Belgiya mehmoni bo'lib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Yangi reytingda Denis Istomin sardorligidagi terma jamoamiz uch pog'ona pastlab, 160 ga yaqin davlat orasida 36-o'rinni egallab turibdi. 

Musobaqaning amaldagi chempioni Kanada terma jamoasi peshqadamligini saqlab qoldi. Okean orti vakillari bu yilgi musobaqada ham guruh bosqichini muvaffaqiyatli o'tkazib, pley-offga yo'l olishdi. CHexiya termasi Top-10`talikka kirib oldi. Devis Kubogidan chetlatilgan Rossiya quyiga sho'ng'ishda davom etmoqda. Ruslar hozirda 69-pog'onani band etishgan.

Devis Kubogi reytingi

1. (1) Kanada - 534,38 ochko

2. (2) Ispaniya - 463,75

3. (3) Avstraliya - 458

4. (4) Xorvatiya - 436

5. (7) Buyuk Britaniya - 432,5

6. (6) Italiya - 427,63

7. (8) Serbiya - 419,38

8. (5) Germaniya - 419

9. (9) Niderlandiya - 405,44

10. (13) CHexiya - 390,38

11. (10) AQSH - 385,5...

14. (21) Finlyandiya - 343,25...

69. (64) Rossiya - 199,88...

36. (33) O'ZBEKISTON - 280,56



Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»