Hi, Guest! Soat: 09:14
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
WTA reytingi. Top-10`da o'zgarish, tennischilarimizning barida pasayish
  19 Sentyabr, 09:00  10

.

Yangilangan haftalik WTA reytingining kuchli o'ntaligida bir nechta o'zgarishlar kuzatildi.

San-Diego turniri chempioni chexiyalik Barbora Kreychikova Top-10`talikka qaytdi. U o'tgan hafta 13-pog'onadan joy olib turgandi. Amerikalik Jessika Pegula qozog'istonlik Elena Ribakinani quvib o'tdi. Belaruslik Arina Sobolenko reyting peshqadamligini davom ettirmoqda. 

Afsuski, bu hafta tennischi qizlarimizning barida pasayish qayd etildi. Birinchi raketkamiz Nigina Abduraimova 3 pog'onaga pastladi. Sevil Yuldasheva 4, Milan Maslenkova esa 6 o'rin quyiga sho'ng'idi.  

WTA reytingi. 18 sentyabr kungi holat

1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 9266 ochko

2. (2) Iga Svyontek (Polsha) - 8195 

3. (3) Kori Goff (AQSH) - 6165

4. (5) Jessika Pegula (AQSH) - 5755

5. (4) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 5665

6. (6) Marketa Vondroushova (CHexiya) - 3830

7. (7) Ons Jaber (Tunis) - 3771

8. (8) Karolina Muxova (CHexiya) - 3765

9. (9) Mariya Sakkari (Greciya) - 3560

10. (13) Barbora Kreychikova (CHexiya) - 3220...

O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

195 (192). Nigina Abduraimova - 376

933 (929). Sevil Yo'ldosheva - 20

1279 (1273). Milana Maslenkova - 7



Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»