Hi, Guest! Soat: 09:00
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Bugun Layloxon Sobirova va yana ikki kurashchi-qizimiz jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi
  19 Sentyabr, 08:16  4

.

Serbiya poytaxti Belgrad shahrida sport kurashlari bo'yicha katttalar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Bugun ayollar kurashi bahslarida O'zbekiston terma jamoasining uch nafar vakilasi jahon chempionati medallari hamda Parij-2024 Olimpiadasi licenziyalari uchun kurashga kirishadi. Bugungi bellashuvlarda Jasmina Immaeva, Layloxon Sobirova va Svetlana Oknazarovaga muxlislik qilamiz. 

Kurashchi-qizlarimizning ilk raqibalari:

50 kg. Kvalifikacion raund: Jasmina Immaeva - Polina Lukina (Rossiya) 

57 kg. 1/16 final: Layloxon Sobirova - Aynur Ashimova (Qozog'iston)

76 kg. Kvalifikacion raund: Svetlana Oknazarova - Anastasiya Alpeeva (Ukraina)

SHuningdek, bugun Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori, 38 yoshli erkin kurashchimiz Magomed Ibragimov bronza medali yo'lidagi o'tish bellashuvida ham o'z imkoniyatini sinab ko'radi. Bu yo'lda u dastlab Kosta-Rika kurashchisi Maksvell Lemarni mag'lub etishi kerak bo'ladi.  



Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»