![]() |
Bugungi kun doirasida O'zbekiston terma jamoasining 6 nafar azosi gilamga chiqdi. Afsuski, vakillarimizning barchasi mag'lubiyatga uchrab, jahon chempionatini juda erta yakunladi.
Dastlab, o'tish bosqichiga yo'l olgan ikki vakilimiz — Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) va G'ulomjon Abdullaev (-57 kg) raqiblariga imkoniyatni boy berib qo'yishdi.
-65 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Umidjon Jalolov esa 1/16 final doirasida bolgariyalik Mikyay Naimdan ustun keldi. Nimchorak final bosqichida esa sportchimiz amerikalik Nik Li oldida ojiz qoldi. Nik keyingi bellashuvida yutqazgani uchun Jalolovning oxirgi umidi ham so'ndi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Ayollar kurashi bo'yicha start olgan bellashuvlarda terma jamoamiz azolaridan o'smirlar olimpiadasining kumush medali sovrindori SHohida Ahmedova 1/8 finalda germaniyalik Anastasiya Blayvasga yutqazib qo'ydi.
Tajribali kurashchimiz, 38 yoshli Magomed Ibragimov (-97 kg) esa ilk bosqichdayoq Bahrayn vakili Axmed Tajudinovga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Lekin Tajudinov finalga etib kelgani bois, Ibragimovda bronza medali hamda Parij Olimpiadasi yo'llanmasi uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Buning uchun u avvaliga Kosta-Rika kurashchisi Maksvell Lemarni mag'lub qilish talab etiladi.
Manba: olamsport.com
Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»