Hi, Guest! Soat: 07:52
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Sport kurashlari. JCHda licenziya qo'lga kirita olmagan sportchilarimiz uchun keyingi imkoniyat qachon bo'ladi?
  18 Sentyabr, 18:32  43

.

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Serbiya poytaxti Belgradda sport kurashlari bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Mazkur jahon chempionatining uch kuni ortda qoldi. Kecha musobaqada -86 kg vaznda bahslarda qatnashgan terma jamoamiz azosi Javrail SHapiev Parij-2024 yozgi Olimpiadasi uchun yo'llanmani qo'lga kiritdi.

SHuningdek, hozirgacha terma jamoamizning 6 nafar azosi musobaqadagi ishtirokini erta yakunladi. Ushbu jahon chempionati orqali licenziya qo'lga kirita olmagan sportchilarimiz kelasi yil Qirg'izistonning Bishkek shahrida o'tadigan Osiyo Kvalifikaciya turniri (12-14 aprel) va Turkiyaning Istanbul shahrida o'tkaziladigan Jahon kvalifikaciya turniri (9-12 may) orqali Parij-2024 yozgi Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritishi mumkin.

Serbiyadagi Jahon chempionatida mag'lubiyatga uchragan kurashchilarimiz:

-57 kg: G'ulomjon Abdullaev

-61 kg: Jahongirmirza Turobov

-70 kg: Zafarbek Otaxonov

-74 kg: Bekzod Abdurahmonov

-92 kg: Rustam SHodiev

-125 kg: Sardorbek Xolmatov.

SHuningdek hozircha yana bir necha sportchilarimizda Belgraddagi JCHdayoq licenziya qo'lga kiritish imkoniyati saqlanib qolgan.



Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»