Hi, Guest! Soat: 07:26
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Bahromjon Mashrapov LFA 167 turniridagi mag'lubiyatdan so'ng ilk bor post qoldirdi + FOTO
  18 Sentyabr, 13:00  36

.

16 sentyabr kuni tongda AQSHning Nyu-York shtatida MMA bo'yicha nufuzli LFA 167 musobaqasi bo'lib o'tgandi.

Musobaqaning co-main event'ida yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik Bahromjon Mashrapov (7-3-0) rossiyalik SHamidxan Magomedovga (7-1-0) qarshi jang qilib, ochkolar evaziga mag'lubiyatga uchradi. 

Hamyurtimiz ushbu mag'lubiyatdan so'ng Instagram sahifasiga quyidagicha post joyladi:

"Alhamdulillah, bu bir o'yin va bu o'yin menga yoqyapti. Eng asosiysi, men bugun yugurgani chiqdim, yonimda bo'lganlarga raxmat", - deb yozgan Mashrapov.

Bahromjon Mashrapov uchun bu LFA ligasidagi ikkinchi jang bo'ldi. U o'z debyutida amerikalik Logan Urbanni (6-2-0) nokautga uchratgan edi.



Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»