most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 06:19
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
«Dinamo» yangi darvozabon bilan shartnoma imzoladi
  15 Yanvar, 14:55  5

.

Superliga yangi mavsumi oldidan «Dinamo» jamoasi tarkibini kuchaytirishni davom ettirmoqda.

Klub murabbiylar shtabi qaroriga ko'ra, «Dinamo» klubi serbiyalik darvozabon Miloe Prekovich bilan kelishuvga erishdi. 30 yoshli golkiper bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Serbiyalik legioner «Dinamo» safiga erkin agent maqomida qo'shildi.

Miloe Prekovich so'nggi mavsumni Serbiya Superligasi vakili «Vojdovats» klubi safida o'tkazib, jamoaning asosiy posboni bo'lgan. U chempionat doirasidagi barcha – 21 o'yinda ham to'liq to'p surgan.

Ma'lumotnoma:
Miloe Prekovich
Tug'ilgan sanasi: 1991 yil, 7 iyun.
Tug'ilgan joyi: Serbiya, Arandelovach.
Bo'yi: 192 cantimetr

To'p surgan klublari:
2009-2010 - «Mladenovach» (Serbiya)
2010-2012 - «Kosiche» (Slovakiya)
2013-2014 - «Mladost Lukani» (Serbiya)
2015 - «Sloga» (Serbiya)
2016-2017 - «Enisey» (Rossiya)
2017-2018 - «OFK Belgrad» (Serbiya)
2018-2020 - «FK Indija» (Serbiya)
2021 - «Vojdovats» (Serbiya).
2022 - «Dinamo» (Samarqand).

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»