most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 07:23
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Jamoliddin Normirzaev: "O'yinning afishasi ozini oqladi. Barcha muhlislar shunday o'yin kutgandi"
  15 Yanvar, 14:50  4

.

"Lokomotiv" futzalchisi Jamoliddin Normirzaev barchani hayajonda ushlagan AGMKga qarshi bahs haqida fikrlarini bildirdi.

- Bu o'yinni barcha kutdi. Turning markaziy o'yini, prinsipial raqiblar, turnir jadvalida peshqadamlik uchun kurashayotgan jamoalar... O'yin jangovar o'tishi kerak edi va shunday bo'ldi ham. To'p uchun kurash juda qattiq kechdi. Shunday chiroyli o'yin ko'rsatgani uchun jamoadoshlarimga rahmat aytib qolaman. O'yinga yuqori kayfiyatda tayyorlangandik. G'alaba uchun maydonga tushgandik. O'tgan turda AGMKga mag'lub bo'lgandik. Bundan yaxshi hulosalar chiqarib, javob o'yinida g'alaba qozonmoqchi bo'lgandik.
O'yin davomida nafaqat bizda, balki, AGMKda ham yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Ikki tomonga ham gol borasida omad etishmadi. Uchrashuvning so'nggi soniyalarida ham ikki tomonning biri gol urishi mumkin bo'lgandi. AGMKning navbatdagi o'yinlariga omad tilayman. Biz esa navbatdagi bahslarga tayyorgarlikni davom ettiramiz. Bugungi o'yinda bizni qo'llab turgan muxlislarga minnatdorlik bildiraman.
O'yinning qiyin o'tishini bilardik. Ba'zi jamoadoshlarimiz jarohat olgan, ayrimlari kasal bo'lib qolgandi. Ular tezroq safga qaytishsa, albatta, nur ustiga a'lo nur bo'lardi.

- Futzaldagi faoliyatingiz davomida biror marta 0:0 hisobiga duch kelganmisiz?
- Futbolda bu hisob odatiy. Futzalda esa deyarli ko'rmaysiz. Balki bo'lgandir. Ammo eslay olmadim. Balki bunday hisob bo'lmagandir. Faoliyatim anchagina katta muddatni tashkil qiladi. Bir o'ylab ko'rish kerak.

- Bugungi o'yinni so'nggi yillarda chempionatdagi eng yaxshi o'yin desa bo'ladimi?
- Bunga muxlislar baho bergani yaxshiroq. Biz baho bersak noo'rin bo'lib qolishi mumkin. Ammo fikrimcha, o'yin kutilganidan-da qiziqarli kechdi, deb bemalol ayta olaman.

- Nima deb o'ylaysiz, agarda bugungi o'yinda darvozabonlar boshqa bo'lganida hisob qanaqa bo'lishi mumkin edi?
- Ular nima sababdan milliy termaning posbonlari ekanligini ko'rsatib qo'yishdi. Bahsda darvozabonlarga gap bo'lishi mumkin emas. Ravshan Eliboev va Rustam Umarov kim aslida kim ekanligini isbotlashdi. Ayta olamanki, agarda bahsda darvozalarni boshqa posbonlar qo'riqlaganida bunday hisob bo'lmasdi. Albatta, oldindan hisobni aytib bo'lmasdi. Ammo boshqa posbonlar bo'lganida bunday bosimli o'yinda xato qilishi va gol o'tkazib yuborishi hech gap emasdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»