Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 19:51
KirishRo'yxatdan o'tish
Temur Kapadze: «Har bir futbolchi biz uchun kerak»
  14 May, 22:45  7

.

«Olimpik» — «Aral Samali» (3:0) uchrashuvi yakunlanganidan so'ng olimpiyachilar murabbiyi Temur Kapadze o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdilar.

O'yin haqida...
— Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. «Aral»ni o'rgandik, o'z oldiga katta maqsadlar qo'ygan yangi jamoa. Ular himoyada o'ynashini kutgandik. O'z navbatida bizga oson bo'lmasligi aniq edi. Bolalarga raqib himoyada turib, o'z baxtini qarshi hujumdan qidirishini aytgandim. 1-bo'limdagi imkoniyatlardan foydalanolmaganimiz sari o'yin qiyinlashib bordi. 2-bo'limda gol urganimizdan keyin imkoniyatlar ko'paydi va foydalandik. O'z ustimizda ishlashda davom etyapmiz. Anchadan beri o'ynamaganimiz ham o'z ta'sirini ko'rsatdi — «Istiqlol» bilan o'yinni o'tkazib yubordik. Ammo, yigitlar o'yindan o'yinga kuchayayotgani bilinib turibdi.

— «Olimpik» 1-golni urishga qiynalyapti, ammo birinchisidan keyin gollar ko'payib ketyapti. Bunga sabab raqiblar himoyaviy o'yin uslubini tanlayotganimi?
— Hisob 0:0 ekanida raqib tartibli futbol o'ynashga harakat qiladi. Bizga qarshi ochiq futbol o'ynaydigan jamoani hozircha ko'rmadim. Ammo gol o'tkazib yuborganidan keyin raqib katta kuch bilan oldinga chiqishni boshlaydi. Shundan keyin bo'shliqlar paydo bo'ladi. Shogirdlarim ana shu bo'shliqlardan unumli foydalanyapti. Ko'pincha o'yin 1-goldan keyin o'zgaradi, chunki raqib ochilishni boshlaydi.

— Ikkinchi bo'limda qanotlar tezkor o'yinchilar bilan kuchaytirildi (Jiyanov va Rahimberdiev). Bu oldinda o'ylangan taktikami?
— Har bir futbolchi biz uchun kerak. Ularning imkoniyatlarini yaxshi bilaman. Asosiy tarkibdagi o'yinchilar toliqqanidan keyin hujumga "yangi qon" kerak edi. Zaxiradan qo'shilganlar o'zini yaxshi tomondan ko'rsatdi va urilgan gollarda o'z hissasini qo'shdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»