Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 19:53
KirishRo'yxatdan o'tish
Qozog'iston chempionati. Igor Sergeevning goli «Aqto'be»ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi (videosharh)
  14 May, 22:35  9

.

Qozog'iston Premer Ligasi 11-turi doirasida «Aqto'be» 14 may, juma kuni o'z maydonida «Qaysar» bilan bahs yuritdi.

Uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. O'zbekistonlik hujumchi Igor Sergeev jamoasi mag'lubiyatga uchrayotgan vaqtda gol urib, «Aqto'be»ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Jarimadan etkazilgan to'pni o'zbekistonlik futbolchi bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Natijada Sergeevning gollari soni 7taga etdi va u to'purarlar ro'yxatida yaqqol peshqadamga aylandi.

Ushbu durangdan keyin «Aqto'be»ning ochkolari 13 taga etdi, jamoa musobaqa jadvalida 9-o'rinda bormoqda. «Qaysar» esa 7 ochko bilan 13-o'rindan joy olgan.

Qozog'iston chempionati, 11-tur
14 may, juma
«Aqto'be» — «Qaysar» 1:1
Gollar: 0:1 — 28 Karolis Laukzemis, 1:1 — 43 Igor Sergeev.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»