Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 20:55
KirishRo'yxatdan o'tish
OFK kubogi. Ro'ziqul Berdiev: "Gol kiritilganidan so'ng hammasi o'z iziga tushdi"
  14 May, 22:35  13

.

OFK Kubogi “F” guruhi 1-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Oloy" (4:0) uchrashuvidan keyin Ro'ziqul Berdiev va bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Shohmalik Komilov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi bo'limda ko'plab vaziyatlar yaratdik, biroq yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishda oqsadik, qaerdadir sovuqqonlik etishmadi. Goldan keyin barchasi o'z joyiga tushdi deb o'ylayman. Yirik g'alabaga erishdik, bundan xursandmiz. Keyingi bahsga tayyorgarlikni boshlaymiz", - deydi Berdiev.

- Birinchi 15 daqiqalikda vaziyatlar yaratilgan bo'lsa ham, jamoa o'yin jihatidan o'ziga o'xshamadi. Bu nima bilan bog'liq?
- Hayajon bilan bog'liq deb o'ylayman. Erkin harakat qilish o'rniga bosim bilan o'ynashdi. Bu tushunarli, sababi tarkibimizda yosh futbolchilar ko'p. Agar birinchi taymda gol urib olganimizda, balki biz kutgan o'yin namoyish etilardi. Yana bir holat, o'yindan oldingi ikki kunda yomg'ir yog'di, havo salqin bo'ldi. Bugun esa juda issiq bo'ldi. Bu ham o'yinga o'z ta'sirini o'tkazdi.

"Bugungi g'alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Birinchi taymda ko'p imkoniyatlarga ega bo'ldik, ammo gol ura olmadik. Ikkinchi taymda esa o'z o'yinimizni namoyish etib gollar urdik", - deydi Shohmalik Komilov.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»