Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 19:56
KirishRo'yxatdan o'tish
Totti Mourino murabbiylar shtabida ishlamoqchi emas
  14 May, 22:20  18

.

Taniqli sobiq futbolchi Franchesko Totti Italiyaning «Roma» klubi murabbiylar shtabiga kiritilmaydi. Bu haqda La Republica nashri xabar bermoqda.

Totti portugaliyalik Joze Mourinoning yordamchilaridan biri bo'lmasligini ma'lum qilgan. Biroq hozircha buning sababi keltirilmadi.

E'tibor bering, avvalroq Italiya matbuotida Franchesko Rim klubiga qaytib, Mourinoga yordam berishi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Manbaning ta'kidlashicha, bunday mish-mishlarning haqiqatga hech qanday aloqasi yo'q.

Totti - bu «Roma» afsonasi. U butun faoliyatini shu klubda o'tkazgan. 2017 yildan 2019 yilgacha imperator «Roma»ning direktorlaridan biri bo'lgan edi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»