Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 19:58
KirishRo'yxatdan o'tish
Superliga. AGMK bir kishi kam bo'lib o'ynab, «Bunyodkor» ustidan irodali g'alabaga erishdi
  14 May, 22:15  9

.

O'zbekiston Superligasining 8-turidan o'rin olgan so'nggi o'yinda AGMK va «Bunyodkor» jamoalari 14 may, juma kuni o'zaro bahs yuritdi.

Uchrashuvning 34-daqiqasida mezbonlar legioneri Yovan Jokich maydondan chetlatdi. Hakam videotakrorni tomosha qilgach, futbolchiga qizil kartochka ko'rsatdi.

Uchrashuvning o'zi esa gollarga boy bo'ldi. Dastlab 38-daqiqada Xurshid G'iyosov 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi. Ikkinchi bo'lim boshida Nurillo To'xtasinov olis masofadan yo'llangan zarba natijasida to'p to'singa tegib qaytdi.

58-daqiqa «Bunyodkor» darvozasi tomon ham penalti belgilandi. Penaltidan Sanjar Tursunov unumli foydalandi. Shundan so'ng AGMK yana ikki bor «qaldirg'ochlar» darvozasiga yo'l topdi: Tursunov dublni rasmiylashtirgan bo'lsa, Sardor Rahmonov ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

Shu tariqa, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK turning markaziy o'yinida «Bunyodkor» ustidan irodali g'alabaga erishdi.

Superliga, 8-tur
14 may, juma
AGMK — «Bunyodkor» 3:1
Gollar: 0:1 — 38 G'iyosov, 1:1 — 58 Tursunov, 2:1 — 74 Tursunov, 3:1 — 77 Rahmonov.
AGMK: 1.Botirali Ergashev, 77.Dilshod Ahmadaliev, 7.Sardor Rahmonov, 8.Bobur Yo'ldoshev, 2.Akrom Komilov, 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov (15.Abbos Otaxonov, 88), 4.Mirjamol Qosimov (5.Dilshod Jo'raev, 46), 94.Elvin Fortes (10.Husniddin G'ofurov, 46), 18.Aleksandr Kasyan (9.Zafar Polvonov, 79), 28.Shohrux Gadoev (11.Murod Toshmatov, 85).
«Bunyodkor»: 1.Ravshan Yagudin, 4.Davron Ergashev, 6.Avazbek O'lmasaliev, 9.Farrux Ikromov (13. Lutfulla To'raev, 60), 10.Xurshid G'iyosov (8. Sanjar Rashidov, 88), 11.Rasul Yo'ldoshev, 14.Mirjahon Mirahmadov (22. Shahboz Erkinov, 88), 19.Nurillo To'xtasinov, 30.Abdulla Abdullaev, 34.Suhrob Izzatov (49. Ibrohim Tomiva, 73), 35.Ibrohim Ibragimov (7. Sunnatilla Abdullajonov, 88).
Ogohlantirishlar: Ibrohim Ibragimov (12), Mirjahon Mirahmadov (23), Akrom Komilov (72), Dilshod Jo'raev (90+4).
Chetlatish: Yovan Jokich (34).

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»