Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 19:43
KirishRo'yxatdan o'tish
Malinovskiy: "Men A Seriyada o'zimni yaxshi his qilaman"
  14 May, 22:10  21

.

Italiyaning «Atalanta» va Ukraina terma jamoasi futbolchisi Ruslan Malinovskiy o'ziga boshqa klublarning qiziqishi haqida gapirdi.

«Menda o'zim qoniqqan yaxshi o'yinlar bo'ldi, boshqa klublardan qiziqish ham. Ammo bu haqda o'ylashga vaqt yo'q, chunki biz jamoa bilan kuchli to'rtlik va Chempionlar Ligasi yo'llanmasiga, shuningdek Italiya kubogi finaliga kirishimiz kerak. Ayni paytda jamoaning ahvoli yaxshi, hamma g'ayratli.

O'zim yaxshi ahvolda ekanligimni his qilyapman. Bu eng muhimi. Men A Seriyada o'zimni yaxshi his qilaman, sifatli futbolimni o'ynay olaman. O'tgan yili ba'zi muammolarga duch keldim.

Koronavirus tufayli ko'p o'yinlarni o'tkazib yubordim. Keyin o'zim uchun qo'shimcha ishlay boshladim va bu menga yordam berdi», - deydi Ruslan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»