Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 04:07
KirishRo'yxatdan o'tish
Ro'ziqul Berdiev: «O'yinni xato bilan boshladik»
  4 May, 23:20  7

.

Coca Cola Superliganing 7-turidan o'rin olgan «Bunyodkor» - «Nasaf» (2:0) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

- Ko'rdinglar, o'yinni xato bilan boshladik. Bu vazifamizni qiyinlashtirdi. Shunday bo'lsada, mezbonlar darvozasi oldida bir qator vaziyatlarni yuzaga keltira oldik. Biroq ayrim vaziyatlarda omad, qaysidir holatlarda tajriba etishmadi. O'ylaymanki, shu holatlar bugungi uchrashuv taqdirini hal qildi. Albatta birinchi o'rinda natija turadi. Bugun «Bunyodkor»ga nisbatan yaxshiroq o'ynagandirmiz, ammo g'alaba va omad mezbonlar tarafida bo'ldi. Futbolda vaziyatlardan foydalana olmasang, natijaga erisha olmaysan. Ushbu gaplarim bahona emas. Vaziyatni yaxshilash uchun harakat qilishimiz kerak.

«Bunyodkor»ni doim hurmat qilganmiz. Jamoa avvalgi yillarga nisbatan oddiyroq o'ynamoqda. Ilgari to'pni nazorat qilish, pozitsion futbol namoyish qilardi. Hozir to'pni oldinga tepish bilan shug'ullanmoqda. Lekin natija bor. Kubok doirasidagi bahsga nisbatan engil qaragan bo'lishimiz mumkin, chunki guruhdan chiqib bo'lgandik. Ammo bugungi bellashuvga jiddiy yondoshgandik. «Bunyodkor»ni g'alaba bilan tabriklayman!  

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»