Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 04:50
KirishRo'yxatdan o'tish
Hamidjon Aktamov: “Hakamlar qo'pol xatolar qilishdi”
  4 May, 20:55  9

.

Coca Cola Superliga 7-turidan o'rin olgan “Qizilqum” – “Navbahor” uchrashuvidan keyin “Qizilqum” bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov ham uchrashuvdan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

- Birinchi navbatda, “Mash'al” klubi rahbariyati, shaxsan Ilhomjon Qurbonovga, zarur paytda stadionda o'yin o'tkazishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berishgani uchun katta rahmat aytaman. Uchrashuv haqida gapirsam, bugun chiroyli futbol guvohiga aylandik, har ikki jamoa ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. Hakamlar tajribali bo'lishiga qaramay, juda ko'p qo'pol xatolarga yo'l qo'yishdi. Hadeb bosim bo'laverganidan ular qo'rqib qolishganmi, bilmayman. Salim Mustafoevga qo'pollik ishlatilgan paytda ikkinchi sariq kartochka ko'rsatilishi kerak edi. Hakamlar bir tomonga yon bosishdi, demoqchimasman. Har ikki tomon ziyoniga xato qilishdi. “Navbahor” yaxshi jamoa, biz kabi o'ziga yarasha maqsadi bor. Ularga keyingi o'yinda omad tilayman, - dedi Hamidjon Aktamov.

- Oybek Qilichevning maydonda o'zini qo'pol tutishi, almashtirilayotganda ham nojo'ya so'zlarni aytganini ko'rdik...

- Oybek yutqazishni yomon ko'radi. Jahli chiqqan paytda o'yini qovushmasligi mumkin, shu bois, uni almashtirdik.

- “Qizilqum” jangovar tarkibga ega. Sizningcha, bugun jamoa ochko oldimi yoki ikki ochko yo'qotdimi?

- Bugun ochko yo'qotdik, g'alabani saqlab qololmadik.

- Salim Mustafoevning ahvoli qanday?

- Shifokorlar unga qarashyapti, hozir holati yaxshi.

- “Qizilqum” hujumlarni yaxshi tashkil etyapti, lekin yakuniy pallada kamchiliklar borga o'xshayapti.

- Bu – futbol. Vaziyatlar yaratyapmiz, ammo qandaydir sabablarga ko'ra, ularni gol bilan yakunlay olmayapmiz.

- “Qizilqum”ning turnir jadvalidagi to'plar nisbatiga nazar solsak, o'tkazib yuborgan gollari ko'pligini ko'ramiz. Bu himoyada muammo borligidan darakmi?

- Ko'p gollarni raqibga o'zimiz “sovg'a” qilyapmiz. Bugun ham, Sherali Jo'raev bir-ikki soniyaga hushyorlikni yo'qotgani sababli to'pni oldirib qo'ydi va “Navbahor”ning hujumi gol bilan yakunlandi. Shunga o'xshash vaziyatlardagi xatolar bizga pand bermoqda.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»