Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 03:58
KirishRo'yxatdan o'tish
Superliga. «Qizilqum» Muborakda «Navbahor» bilan durang o'ynadi
  4 May, 19:25  10

.

O'zbekiston Superligasi 7-turidan o'rin olgan dastlabki uchrashuvda, «Qizilqum» «Navbahor» bilan to'qnash keldi.

Navoiyda maydon chimi bilan bog'liq masalalar bo'lganligi sababli Muborakda o'tkazilgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan o'z nihoyasiga etdi.

Dastlab, navoiyliklardan Mate Vatsadze Salim Mustafoevning uzatmasini golga aylantirgan holda hisobni ochdi.

Keyinchalik esa, Zabihullo O'rinboevning uzatmasidan so'ng, Ehsoni Panjshanbe gol kiritib muvozanatni tikladi. Ushbu hisob uchrashuv so'ngiga qadar saqlanib qoldi va bu natija orqali «Qizilqum» 7 ochko bilan sakkizinchi o'ringa ko'tarildi. Viktor Jalilov boshchiligidagi «Navbahor» esa 6 ochko bilan o'ninchi o'rinni band etmoqda.

Superliga. 7-tur
«Qizilqum» - «Navbahor» - 1:1

Gollar: Mate Vatsadze (9)1:0, – Ehsoni Panjshanbe (37)1:1.

«Qizilqum»: 1. Ignatiy Nesterov, 6. Erkin Boydullaev, 7. Oybek Qilichev (8.Georgi Kuxianidze, 74), 10.Mate Vatsadze, 14.Fayzulla Qambarov, 17. Salim Mustafoev (18.Jasur Azimov, 62), 19. Jamshid Hasanov (11.Shamsiddin Sa'dullaev, 63), 20. Islom To'xtaxo'jaev, 21.Muhsin Ubaydullaev, 23. Sherali Jo'raev, 30. Elguja Grigalashvili.

«Navbahor»: 1.O'tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 8.Sardor Telyakov, 9.Ivan Solovyov (25.Shoxruh Mahmudhojiev, 76), 10.Quvondiq Ro'ziev (4.Farhod Mirahmatov, 69), 11.Islombek Isoqjonov, 17.Ehsoni Panjshanbe, 19.Mirzohid G'ofurov, 22.Igor Golban, 70.Abbos G'ulomov, 95.Zabihullo O'rinboev (67.Marko Putinchanin, 69).

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»