Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 04:47
KirishRo'yxatdan o'tish
Levandovskiga Angliyaning ikki etakchi klubi qiziqmoqda
  4 May, 18:00  20

.

«Bavariya» klubi va Polsha milliy jamoasi forvardi Robert Levandovski faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda Sport Bild.

Manbaning yozishicha, futbolchining agenti Pini Zaxavi «Bavariya» rahbariyati bilan shartnomani uzaytirish va mijozining maoshini oshirish masalasida kelishuvga erisha olmasa Levandovski Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin. Qayd etilishicha, unga «Manchester Yunayted» va «Chelsi» klublari qiziqish bildirib kelmoqda.

Levandovski 2014 yildan buyon «Bavariya» safida to'p surib kelmoqda. 32 yoshli forvardning amaldagi shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi. 

Ma'lumot uchun, Levandovski Bundesliga joriy mavsumida 26 o'yinda 36ta golga mualliflik qilgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»