Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 03:56
KirishRo'yxatdan o'tish
Jasur Jaloliddinovning sobiq jamoasi bankrot bo'ldi
  4 May, 17:50  20

.

“Tambov” klubi sport direktori Pavel Xudyakov jamoaning kelajakdagi taqdiri haqida gapirib o'tdi.

“Biz litsenziyalashga ariza bermadik – jamoa na FNL va na PFLda o'ynaydi, bu aniq. Endi ikkita uchrashuvni yakunlashimiz, iloji boricha eng yaxshi futbolni ko'rsatishimiz kerak. Hamma narsa bizga bog'liq emas, buni hamma yaxshi tushunib turibdi. Afsuski, “Tambov” singari yaxshi jamoa voqeasi afsus bilan tugaydi”, – dedi Xudyakov.

“Tambov” so'nggi o'yinda “Rostov”ga (2:0) imkoniyatni boy berganidan so'ng, RPLda qolish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.

“Tambov” qishda bankrotlik arafasida edi va hatto chempionatdan chiqib ketishi mumkin edi. Ammo Rossiya futbol ittifoqi hamda Rossiya premer-ligasi jamoaga moddiy yordam berish uchun maxsus choralar ishlab chiqdi.

Eslatib o'tamiz, “Lokomotiv” hamyurtimiz Jasur Jaloliddinovni mavsum avvalida “Tambov” klubiga ijaraga bergan edi. Jasur ushbu jamoada o'ynab ketolmadi va O'zbekistonga qaytdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»