Hi, Guest! Soat: 20:05
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
«Barselona» Dembele bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
  30 Mart, 22:30  10

.

«Barselona» vingeri Usmon Dembele Kataloniya klubidagi faoliyatini davom ettirmoqchi.

Frantsiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi keyingi mavsum yakunlangandan keyin tugaydi va shu yilning iyul oyidan boshlab 50 million evro miqdoridagi tovon puli kuchga kiradi.

Muhim o'yinchisini yo'qotmaslik uchun «Barselona» tez orada shartnomani uzaytirmoqchi. Dembele allaqachon rahbariyatga og'zaki rozilik bergan. Rasmiy muzokaralar klubdagi iqtisodiy vaziyat barqarorlashganidan so'ng darhol boshlanadi.

Mish-mishlarga ko'ra, Usmon Dembele Angliya premer-ligasi va «Bavariya» vakillariga qiziq. Transfermarkt portali futbolchining narxini 60 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»