Hi, Guest! Soat: 21:58
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Messining boshi berk ko'chaga kirib qolgan
  30 Mart, 22:25  9

.

«PSJ» bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadigan Lionel Messining kelajagi nima bo'lishini aytish qiyin.

TodoFichajes ma'lumotlariga ko'ra, forvard boshi berk ko'chaga kirgan.

«Ayni damda Messi «PSJ» bilan shartnomasini yangilashdan har qachongidan ham uzoqroqda. So'nggi kunlarda klubdagi vaziyat yomonlashdi va Parijda pessimizm kundan-kunga kuchayib bormoqda», - deyiladi eslatmada.

Qayd etilishicha, Messining yuqori maoshi ham vaziyatga ta'sir qiladi.

Xabaringiz bor, mish-mishlar Lionel Messining «Barselona»ga qaytishi bilan bog'liq. Argentinalik futbolchi 2021 yilning yozida klubni tark etgandi. 

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»