![]() |
Urugvay futboli rahbariyati mahalliy terma jamoa bosh murabbiyligi uchun turli variantlarni ko'rib chiqmoqda.
«Sevilya», shuningdek, Argentina va Chili terma jamoalari sobiq ustozi Xorxe Sampaoli Urugvay futbol assotsiatsiyasi bilan bu borada shartnoma shartlarini muhokama qilmoqda.
Avvalroq, yana bir mashhur argentinalik Marselo Belsa jamoaning yangi bosh murabbiyi bo'lishi mumkinligi xabar qilingandi.
Eslatib o'tamiz, Qatardagi omadsiz jahon chempionatidan so'ng Diego Alonso terma jamoa murabbiyligidan ketgan edi.
Manba: stadion.uz
Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»