Hi, Guest! Soat: 22:04
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Xvicha A Seriya rekordini o'rnatdi
  30 Mart, 21:30  10

.

«Napoli» yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya Italiya chempionatining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Gruziyalik futbolchi uchun bu 2022/2023 yilgi mavsumdagi uchinchi shunday mukofot bo'lib, bu rekord hisoblanadi.

Xabar berganimizdek, Kvaratsxeliya A Seriyaning «Milan»ga qarshi navbatdagi o'yinidan oldin sovrin oladi.

Umuman olganda, 2022/2023 yilgi mavsumda Xvicha Kvaratsxeliya «Napoli» safida turli turnirlarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Jamoa A Seriyada ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda va ikkinchi o'rindagi «Latsio»ni 19 ochkoga ortda qoldirdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»