Hi, Guest! Soat: 21:30
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Efir paytida Agueroning yuragi xuruj qilib qoldi
  30 Mart, 21:25  13

.

2021 yil oxirida Serxio Aguero «Barselona»dalik paytida o'zini yomon his qildi. Argentinalik futbolchiga yurak xastaligi tashxisi qo'yilgan, shu sababli u butsalarini mixga osib qo'yishga majbur bo'lgan.

Agueroda Twitchdagi jonli efir vaqtida yurak muammolari paydo bo'ldi. O'shanda u bir muddat qo'lini yuragiga qo'ydi.

- Ishlaringiz qalay? — deb so'radi jurnalist Aguerodan.

«Menimcha... Menimcha... Menda kichik aritmiya bor edi», deb javob berdi «Man Siti»ning sobiq futbolchisi.

- Balki shifokorga murojaat qilish kerakdir? – Agueroga savol berildi.

- Yo'q, yo'q. Menda chip bor, mashhur chip, agar biror narsa bo'lsa, u signal yuboradi, dedi argentinalik.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»