Hi, Guest! Soat: 21:56
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Xvicha A Seriyada tengsiz
  30 Mart, 21:10  13

.

«Napoli» yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya Italiya A Seriyasining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda liga rasmiy sayti xabar berdi.

Kvaratsxeliya 2 aprel, yakshanba kuni «Napoli»ning «Milan»ga qarshi o'yini oldidan esdalik mukofotini oladi.

So'nggi bir oy ichida Xvicha Italiya chempionatining uchta o'yinida ishtirok etdi. Ularda 22 yoshli gruziyalik futbolchi ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ayni damda «Napoli» A Seriyada «Latsio»dan 19 ochko oldinda bormoqda. Neapolliklar 1990 yildan beri birinchi marta Italiya chempioni bo'lishlari mumkin.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»