Hi, Guest! Soat: 21:28
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
De Xea mavsum so'ngida «MYu»ni tark etadi
  30 Mart, 20:50  24

.

Darvozabon David de Xea 2022/2023 yilgi mavsum yakunida «Manchester Yunayted»ni tark etishga qaror qildi. TodoFichajes o'z sahifalarida bu haqda gapirdi.

Manbaga ko'ra, «qizil iblislar»ning yangi shartnoma bo'yicha taklifi De Xeaga to'g'ri kelmadi. U Angliyada yo yangi jamoa topadi yoki Ispaniyaga qaytadi. Hozirdanoq 32 yoshli futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirayotgan jamoalar bor.

Qayd etilishicha, har qanday holatda ham De Xea maoshini kamaytirishga majbur bo'ladi.

David de Xea 2011 yilning yozidan beri «Manchester Yunayted»da o'ynab kelmoqda. O'shandan beri ispaniyalik barcha musobaqalarda 529 ta o'yin o'tkazib, 575 ta gol o'tkazib yuborgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»