Hi, Guest! Soat: 04:56
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
"Milan" qariya Jiru bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
  28 Sentyabr, 16:50  4

.

“Milan” va Franuiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru Italiya klubi bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin, deb xabar bermoqda jurnalist Daniele Longo ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Manbaga ko'ra, "Milan" 35 yoshli frantsiyalik hujumchi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha taklif tayyorlagan. Qayd etilishicha, Italiya klubi Jiru bilan 2024 yilning iyunigacha hisoblangan yangi shartnoma tuzishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Olive Jiru 2021 yildan beri "Milan"da o'ynab kelmoqda. Hujumchi joriy mavsum A Seriyada 7 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Jiru avvalroq “Arsenal”, “Chelsi”, “Monpele” va boshqa klublarda o'ynagan. 2011 yildan Jiru Frantsiya terma jamoasiga chaqirilgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»