Hi, Guest! Soat: 05:11
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
"Inter" prezidenti yangi xaridlar uchun 100 million evro ajratishi mumkin
  28 Sentyabr, 16:35  5

.

"Inter" prezidenti Stiven Chjan kelasi yozda "Inter"ning transferlari uchun 100 million evro sarmoya kiritishi mumkin. Bu haqda Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, "Inter" moliyaviy muammolarga duch keldi, shu sababli yozda ular ko'p pul sarflay olmadilar. Klub Denzel Dyumfris va Milan Shkrinyarni sotishi mumkin edi, biroq xaridorlarning hech biri "neradzurrilar"ning moliyaviy talablarini qondira olmadi. Biroq, ikkala futbolchi ham yanvar oyida sotilishi mumkin.

"Inter" qanday futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi ekani haqida hozircha xabar berilmagan.

Eslatib o'tamiz, “neradzurrilar” etti turda uchta mag'lubiyat bilan A Seriya turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»