Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 02:31
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Xorvatiyalik sobiq futbolchi: "Perishichning "Tottenxem"ga o'tgani meni xayron qoldirdi"
  23 Iyun, 17:20  5

.

Xorvatiyalik sobiq futbolchi Ivitsa Olich Ivan Perishichning "Tottenxem"ga o'tishi haqida fikr bildirdi. Eslatib o'tamiz, Ivan o'tgan mavsumda Milanning "Inter" klubida o'ynagan.

"Uning Angliyaga ko'chib o'tishi meni hayratda qoldirdi. U "Inter"da ajoyib mavsum o'tkazdi. Men uning o'sha erda qolishiga amin edim.

Premer-liga uning uchun yangi chaqiruv. Ko'rinishidan, u uzoq vaqtdan beri Angliyada o'zini sinab ko'rishga intilgan. Ivan ko'p ligalarni bosib o'tdi.

Perishich Kontening usullarini, o'yin tizimini, murabbiylar shtabini yaxshi biladi. Bu unga yordam beradi. Ivan moslashishda hech qanday muammoga duch kelmaydi” - dedi Olich Evening Standard bilan suhbatda.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»