most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 01:12
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Xorazmda kartingchilar o'z mahoratini namoyish etdi + FOTO
  15 Sentyabr, 07:50  11

.

Urganch tumanining CHolish qo'rg'onida joylashgan Xorazm viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassislar bo'yicha tayyorlash markazining o'quv-mashq maydonida sportning karting turi bo'yicha Hududiy chempionat o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi tasarrufidagi viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada vohaning eng sara kartingchilari startga chiqishdi.


Sarhisoblarga ko'ra, musobaqaning yakuniy natijasi quyidagicha ko'rinish oldi:

Dvigatel sig'imi 61,5 sm3 bo'lgan karting birinchiligi (10-13 yoshlilar)

1-o'rin. Akmal Ilhomov (SHovot tumani O'STK).

2-o'rin. Zafarbek Otajonov (Pitnak O'STK).

3-o'rin. Husnorabegim SHeripova ( Yangiariq tumani O'STK).


Dvigatel sig'imi 125 sm3 bo'lgan karting birinchiligi (14-17 yoshlilar).

1-o'rin. Timur Patillaev (Xorazm VTAST markazi).

2-o'rin. Abror Erkinov (SHovot tumani O'STK).

3-o'rin. Yo'ldoshboy Rahimov (Hazorasp tumani O'STK). 


Dvigatel sig'imi 250 sm3 bo'lgan karting birinchiligi (18 yosh va undan kattalar)

1-o'rin. Evgeniy Jumaniyazoa (Xorazm VTAST markazi).

2-o'rin. Ulug'bek Bekniyazov (SHovot tumani O'STK).

3-o'rin. Qadamboy Ro'zmetov (Hazorasp tumani O'STK). 


Umumjamoa hisobida SHovot tumani o'quv sport texnika klubi jamoasining yosh kartingchilari zafar quchishdi. Xorazm VTAST markazining ikkinchi o'rinni, Hazorasp tumani O'STK jamoasi uchinchi o'rinni band etdi. 

G'olib va sovrindorlar musobaqa tashkilotchisi - O'zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan diplom va sovg'alar bilan taqdirlandi.


Ikrom  XUDOYBERGANOV, Xorazm viloyatidan


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»