Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 00:55
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Xabib Toni Fergyusonning mag'lubiyatiga munosabat bildirdi
  9 May, 09:45  293

.

Engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov ushbu vazn vakili Toni Fergyusonning kechagi nokautini etiborsiz qoldirmadi.

Fergyuson Finiksda o'tgan UFC 274 turnirida qatorasiga to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Maykl CHendler jangning ikkinchi raundida kuchli va aniq oyoq zarbasi bilan Tonini nokautga uchratgan edi.

"Har bir narsani o'z vaqti va joyi bor. Agar sen shu haqida o'ylasang, demak omading kelgan va to'g'ri yo'ldasan. Mabodo, aksini o'ylayotgan bo'lsang, etib kelgan joying shu. Sening principlaring sog'lig'ingga salbiy tasir o'tkazadi. Yosh jangchilar bundan xulosa chiqarishsin. Hamma narsa bir kunda 360 gradusga o'zgarib ketadi", - dedi Xabib. 

Takidlash joiz, Toni Fergyuson jangdan oldingan intervyusida yana bir bor Xabib Nurmagomedovni qo'rqoqlikda ayblagan edi. 



Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»