Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 01:11
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
WTA reytingi. Sabina SHaripova 32 pog'onaga pastladi
  17 Yanvar, 15:30  12

.

Bugun WTA tashkiloti ayol tennischilarning yangilangan haftalik reytingini elon qildi.

Yangilangan reytingning Top-10`ligida bir nechta o'zgarish kuzatildi. Kuchli o'ntalikda Badosa to'qqizinchi pog'onadan oltinchi o'ringa ko'tarilgan bo'lsa, greciyalik Mariya Sakkari sakkizinchi, polshalik Iga Svyontek esa to'qqizinchi o'ringa tushib ketdi. 

Reytingda avstraliyalik Eshli Barti hamon etakchiligicha qolmoqda. Belaruslik Arina Sobolenko ikkinchi, ispaniyalik Garbine Mugurusa esa uchinchi pog'onadan joy olgan.

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova o'tgan haftadagi o'rnidan 2 pog'onaga yuqoriladi. Sabina SHaripova esa 32 pog'onaga pastlab, 519-o'ringa tushib ketdi. 

WTA reytingi. 17 yanvar holatiga ko'ra Top-10:

1 (1). Eshli Barti (Avstraliya) - 7 111 ochko

2 (2). Arina Sobolenko (Belarus) - 5 698

3 (3). Garbine Mugurusa (Ispaniya) - 5 425

4 (4). Barbora Kreychikova (CHexiya) - 5 213

5 (5). Karolina Plishkova (CHexiya) - 4 582

6 (9). Paula Badosa (Ispaniya) - 4 264

7 (7). Anett Kontaveyt (Estoniya) - 4 231

8 (6). Mariya Sakkari (Greciya) - 4 071

9 (8). Iga Svyontek (Polsha) - 3 916

10 (10). Ons Jaber (Tunis) - 3 500

O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

328 (330). Nigina Abduraimova - 192

519 (487). Sabina SHaripova - 89

585 (582). Akgul Amanmuradova - 73

1402 (1407). Milana Maslenkova - 7

1546 (1552). Sevil Yuldasheva - 4

1546 (1552). Larisa Bekmetova - 4


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»