Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 03:43
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Viktor Kumikov: "O'yindagi yagona muammo shundaki, biz gol ura olmadik"
  21 May, 00:10  3

.

“Andijon” hamda “Buxoro” (0:0) klublari ishtirokidagi o'yindan keyin odatga ko'ra matbuot anjumani o'tkazildi.

Mezbonlar ustozi Viktor Kumikov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- O'yin haqida nima deysiz?

- O'yin yaxshi bo'ldi. Uchrashuvdagi yagona muammo shundan iborat bo'ldiki, biz gol ura olmadik. Bizda yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Lekin to'p darvozaga kirmadi. Birgina Farhod Sohibjonovning o'zi uchta gol urishi mumkin edi. Ha, shunday, doim ham gol ura olmaysan va doim ham g'alaba qozona olmaysan. Xavotirli joyi yo'q. Yaxshi o'yin ko'rsatdik. O'ylaymanki, bir ochko ham yomon natija emas. Albatta, g'alaba qozonishni xohlagan edik. Afsuski, o'xshamadi. Keyingi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz.

- Doimgidek, oxirgi daqiqalarda gol urishni xohlagandik. Bu safar o'xshamadi. Nima bo'ldi?

- Nima ham bo'lardi, gol urolmadik. Vaziyatlar bo'ldi, ammo foydalana olmadik. Shahboz Erkinovda ham imkoniyatlar bor edi. Omad ham raqib tomonida bo'ldi.

- Natijadan qoniqdingizmi?

- Yutishni xohlagandik. Ammo oxirgi daqiqada bundan ham yomoni bo'lishi mumkin edi. Umumiy ma'noda aytganda, bir ochko ham yomon emas. Bu safar yutmadik, ammo keyingi safar albatta g'alaba qozonamiz. Hozir futbolni hamma yaxshi o'ynayapti. Shu sababli uch ochkoni olish oson emas, mushkul vazifaga aylanib qolgan.

- Oxirgi daqiqalarda o'yinchilarda charchoq alomatlari kuzatildi. Nima sababdan almashtirmadingiz?

- Siz ishonasizmi, agar men o'yinchi almashtirsam vaziyat yaxshilanishiga?! Mabodo, hisob boshqacharoq bo'lganida almashtirsak bo'lardi. Lekin u paytda vaziyat qaltis edi. Men doim ta'kidlayman, hisob 0:0 bo'lib turgan mahalda yoshlarni maydonga tushirish qiyinroq. Aniqki, yoshlar bunday vaziyatlarda xato qilishi mumkin. Yoshi katta futbolchilar esa bunday vaziyatlarda qanday yo'l tutishni yaxshi bilishadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»