Hi, Guest! Soat: 05:36
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Toshkentda MDHning jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to'g'risidagi Bitimga azo mamlakatlar Kengashi majlisi bo'lib o'tdi
  23 Sentyabr, 07:45  6

.

Malumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-apreldagi “Xalqaro shartnomalarga qo'shilish to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchi davlatlarining jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to'g'risida Bitim imzolangan edi.

Xalqlar o'rtasida do'stona aloqalarni mustahkamlash va MDH davlatlarining jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to'g'risida Bitimni amalga oshirish maqsadida har ikki yilda bir marta MDH mamlakatlari o'yinlarini o'tkazish taklifi esa 2018-yil 28-sentyabrda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o'tkazilgan MDH davlatlari rahbarlari Kengashi yig'ilishida qo'llab-quvvatlandi.


SHu kunlarda Toshkent shahri MDHning jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to'g'risidagi Bitimga azo mamlakatlarning Kengash majlisiga mezbonlik qilmoqda.


Bugun Sportni rivojlantirish vazirligida bo'lib o'tgan Kengash majlisida MDH Ijroiya qo'mitasi nomidan rais o'rinbosari Beketjan Jumaxanov, Gumanitar hamkorlik, umumiy siyosiy va ijtimoiy muammolar bo'limi Madaniyat, sport, turizm va yoshlar sohalarida hamkorlik bo'limi maslahatchisi Aleksandr Dubkovskiy, shuningdek Kengashga azo mamlakatlar vakillari, jumladan Ozarbayjon Yoshlar va sport vaziri o'rinbosari Mariana Vasileva, Armaniston Talim, fan, madaniyat va sport vazirining o'rinbosari Karen Giloyan, Belarus Sport va turizm vazirining birinchi o'rinbosari Aleksandr Doroxovich, Qozog'iston Madaniyat va sport ishlari vazirligi Jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi raisi Samat Ergaliev, Qirg'iziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri o'rinbosari, vazirlik huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport departamenti direktori Kanat SHabdanbaev, Rossiya Federaciyasi sport vaziri o'rinbosari Aleksey Morozov, Tojikiston hukumati huzuridagi yoshlar va sport qo'mitasi raisi o'rinbosari Parviz Sobirzoda, O'zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri o'rinbosari Abdulla Aslonov hamda vazir maslahatchisi Avazjon Karimovlar ishtirok etishdi.


Kun tartibidan bir qator muhim masalalar o'rin olgan bo'lib, Kengashda jami 12ta masala ko'rib chiqildi. Jumladan, yig'ilishda ko'rib chiqilgan eng muhim masalalardan biri sifatida MDH o'yinlari dasturiga Paralimpiya sport turlarini ham kiritish taklifi bir ovozdan maqullanganligini aytish mumkin.












Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»