Hi, Guest! Soat: 21:28
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Timur Kapadze: "Saralashdayoq kuchli raqib bilan o'ynashimizning hikmati bor"
  25 May, 18:20  65

.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze bir necha soat oldin bo'lib o'tgan U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichiga tashlangan qura natijalari bo'yicha fikrlarini bildirdi.

"Qura bo'lib o'tdi, raqiblarimiz malum. Albatta guruhdagi uchta raqib orasida eng jiddiysi Eron. Lekin bu erda qo'rqadigan joyi yo'q, deb o'ylayman. Nasib qilsa, uyda o'ynaymiz. Birinchi o'rin bilan chiqishga harakat qilamiz. Tayyorgarlik ko'ramiz. Maqsadimiz aniq. Osiyo kubogiga yo'llanma olib, u erdan Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishimiz kerak.Eron bilan oxirgi turda o'ynaymiz. Guruh g'olibligi uchun ular bilan kurash olib borishimiz aniq. O'tgan Osiyo kubogida Eron bilan guruhda to'qnash kelgan edik. Ozmi-ko'pmi malumotga egamiz. Afg'oniston va Gonkong haqida malumot to'playmiz. Bizga Eron tushganining hikmati bordir, kuchli raqib balki kamchiliklarimizni ko'rsatib berar. Kuchimiz va imkoniyat darajamizni bilamiz. O'sha pallada optimal formada bo'lib, yaxshi natija bilan muxlislarni xursand qilamiz",- deydi Timur Kapadze.


comhttps://championat.asia/upl ... 7.jpg class="fr-fic fr-dii">


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»