most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 06:15
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Teofimo Lopes: "Kambososga qarshi jang bir raunddan uzoqroq davom etishiga shubham bor"
  27 Noyabr, 12:10  58

.

WBA, IBF va WBO kamarlari sohibi Teofimo Lopes (16-0, 12 KO) Jorj Kambososga qarshi jangdan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

"Jang bir raunddan uzoqroq davom etishiga shubham bor. Men barcha sparring sheriklarimni tana qismi va boshga beriladigan zarbalar bilan yanchib tashladim. Bularning hammasi 16 unciyalik qo'lqoplarda amalga oshdi.

Jangda ortiqcha tirishishim shart emas. Sababi, men zalning o'zida qizib bo'laman. Buning ustiga, Kambososni yomon ko'raman. Uni iloji boricha chuqurroq nokautga uchratishga harakat qilaman.  Buni rostdan xohlayapman.

Meni yagona narsa qiynayapti: u shanba kuni haqiqatdan ham ringga chiqadimi? Albatta, Kambososning o'z rejalari bor. Ammo, u yuzidan musht eganidan so'ng, bu rejalarning barchasi barbod bo'ladi", - deydi Teofimo Lopes.


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»