![]() |
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag yarim himoyachi Bruno Fernandeshni jamoaning yangi sardori etib tayinlash haqidagi qarorini tushuntirdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq bog'ich markaziy himoyachi Xarri Maguayrga tegishli edi. Vitse-sardor darvozabon David de Xea bo'lib, u allaqachon jamoani tekinga tark etgandi.
"Men Bruno Fernandeshni tanladim, chunki u jamoadagi hamma uchun ilhom va namuna manbaidir. U o'yinni juda yaxshi tushunadi, men uchun shunday futbolchining maydonda bo'lishi muhim.
Maguayr? Biz Xarrini hurmat qilamiz, u jamoa uchun juda muhim", - deya Ten Xagning so'zlarini keltiradi "Manchester Yunayted" rasmiy sayti.
Manba: stadion.uz
Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»