Hi, Guest! Soat: 20:31
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Stivens 1/2 final masalasini tay-breykda hal qildi
  26 May, 13:05  12

.

Marokashning Rabat shahri bu hafta WTA turniriga mezbolik qilyapti.

Dunyoning 35-raketkasi Sloan Stivens chorak final uchrashuvida qiyin g'alabaga erishdi. Amerikalik tennischi WTA reytingida 69-pog'onada borayotgan vatandoshi Peyton Stirnsni 6/7(4), 6/3, 7/6(6) hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. 

Bu hamyurtlarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Ikki soatu 49 daqiqa davom etgan bahsda Stivens 2, Stirns 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi u 1/2 finalda italiyalik Lyuchiya Broncettiga qarshi kortga chiqadi.



Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»