Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 16:34
KirishRo'yxatdan o'tish
Shov-shuvli transfer amalga oshishi mumkin: «Yuventus» Ronalduni «PSJ» futbolchisiga almashtirmoqchi
  19 Iyul, 09:55  40

.

«Pari Sen-Jermen» va «Yuventus» klublari shov-shuvli futbolchi almashtirishni amalga oshirishlari mumkin. Bu haqda "Football Italia" va "L'Équipe" nashrlari xabar tarqatishdi.

Manbaga ko'ra, «Yuventus» hujumchi Krishtianu Ronalduni «PSJ» forvardi Mauro Ikardiga almashishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2018 yildan buyon «Yuventus» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyiga qadar tuzilgan.

O'z navbatida, Ikardi 2019 yilda ijara asosida «Pari Sen-Jermen»ga o'tgandi. Argentinalik futbolchi mavsum-2020/2021da barcha musobaqalar doirasida 26ta o'yinda ishtirok etib, 12ta gol va 6ta assist muallifiga aylandi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»