Hi, Guest! Soat: 03:56
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
SHaxmatchilarimiz Hindistonga qarshi yarim finalning 1-turini yakunlashdi
  24 Noyabr, 21:00  102

.

Quddusda shaxmat bo'yicha erkaklar terma jamoalari o'rtasida jahon chempionati o'tkazilmoqda.

Musobaqada qatnashayotgan O'zbekiston terma jamoasi yarim finalga qadar etib kelganligi haqida avvalroq xabar qilgandik. 

Bugun musobaqada yarim finallar boshlandi. Ushbu bosqichda Hindistonga qarshi bahs olib borayotgan shaxmatchilarimiz 1-turda 2:2 hisobida durang qayd etishdi. 

Terma jamoamiz safida Jahongir Vohidov raqibini mag'lub etgan bo'lsa, Nodirbek Yakubboev va Javohir Sindarov durang qayd etdi. SHamsiddin Vohidov esa afsuski imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Yarim finalning ikkinchi juftligida Ispaniya va Xitoy terma jamoalari ham o'zaro durang (2:2) qayd etishdi. 

Birozdan so'ng yarim finalning ikkinchi turi boshlanadi. 


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»