![]() |
"Roma" rahbariyati yarim himoyachi Nikolo Dzanoloning jamoada qolishini istamoqda.
Jurnalist Alfredo Pedulaning yozishicha, rimliklar yarim himoyachiga uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqchi. Futbolchining o'zi yiliga kamida 4 million evro olmoqchi.
Agar Nikolo yangi shartnoma imzolay olmasa, "Roma" uni 50 million evro evaziga qo'yib yuboradi. Unga "Manchester Yunayted", "Milan" va "Yuventus" qiziqish bildirmoqda.
Dzanoloning "Roma" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda u jamoa safida 25 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: stadion.uz
Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»