Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 03:24
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Rasman! Evropaning top-klublari qiziqayotgan futbolchi bilan "Benfika" shartnoma imzoladi
  23 Iyun, 16:05  8

.

Lissabonning "Benfika" klubi "River Pleyt" yarim himoyachisi Entso Fernandes bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Argentinalik yarim himoyachining transferi “burgutlar”ga 10 million evroga tushdi. Yana 8 million bonus sifatida to'lanishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, avvalroq futbolchiga "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Real" jiddiy qiziqish bildirayotgan bo'lsada, iqtidorli yarim himoyachi uchun kurashda aynan "Benfika" g'olib chiqqandi.

21 yoshli Fernandes o'tgan mavsumda "River Pleyt" tarkibida 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi Argentinaning boshqa bir klubi – “Difensa va Xustisiya” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

U Argentinaning eng umidli futbolchilaridan biri sanaladi. Futbolchi "Benfika" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»