most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 01:03
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Rahmatjon Ro'zioxunov O'zbekistonda qaysi bokschini eng intizomli deb hisoblashini aytdi
  11 Sentyabr, 15:45  220

.

O'zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Rahmatjon Ro'zioxunov bokschilarimiz ichida qaysi sportchini eng intizomli deb hisoblashini aytdi.

Bu haqida murabbiy jurnalist Og'abek Samisov bilan suhbatda aytib o'tdi. 

— G'alaba qozonish uchun sportchi qanday xususiyatlarga ega bo'lishi kerak?

— G'alaba qozonish uchun birinchi navbatda intizom kerak. Sportchilarim orasidan intizomli sportchi deb Isroil Madrimovni bilaman. Yig'inlar vaqtida yoki biror joyga tadbirga borganda Isroil ovqatni o'ylab, bilib eydi. CHunki u o'z vaznini ushlab turish uchun, uni oshirib yubormaslik uchun nima eyish kerakligini biladi.

Elshod Rasulovda tartiblilikni ko'rganman. Bokschining binti, kapasi, sport kiyimi barchasi alohida turishi kerak. Hatto boskchining o'z qaychisi bo'lishi kerak. Elshodda shu jihatlar bor. Bokschi ana shunday hislatlarga ega bo'lsa, hamma ishi yurishadi.

Bokschining o'z kundaligi ham bo'lishi kerak. Kundalikda u kim bilan boksga tushganini yozib borishi kerak. Unda qaysi raundda qanday yutgani yoki yutqazganini yozib borishi kerak. Bokschi tartibli bo'lsa va mashg'ulotda berilgan vazifani bajarsa, albatta, barcha musobaqalarda g'olib bo'la oladi.

Ko'pchilik bokschining aqli yaxshi ishlamaydi, deb aytadi. Aslida, bokschidan ham miyasi tez ishlaydigan inson yo'q. Bokschi juda ham tez o'ylashi kerak. Ularning aqli yaxshi ishlashi uchun Toshkent va CHirchiqdagi Olimpiya zaxiralari kollejlarida boks murabbiylari sportchilarga ko'proq krossvord echtirishadi, shaxmat o'ynatishadi. Agar bokschining miyasi yaxshi ishlamasa, u musht eydi va «ko'zidan o't chiqadi».


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»