![]() |
Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Chelsi" hujumchi Rafinya bo'yicha "Lids" bilan to'liq kelishuvga erishdi.
Transfer summasi bonuslar bilan birga 60-65 million funtni tashkil qiladi. Mablag'ning katta qismi darhol "Lids"ga to'lanadi.
Hozirda "Chelsi" 25 yoshli futbolchi uchun shartnoma tafsilotlarini muhokama qilmoqda.
2021/22-yilgi mavsumda Rafinya “Lids” safida Premer-ligada 35 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: stadion.uz
Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»