Hi, Guest! Soat: 05:32
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
"Hali xam bu jang tashkil etilmaganiga hayronman". Dillian Uayt Joshua - Fyuri jangi tashkil etish kerakligini aytdi
  24 Noyabr, 16:20  8

.

Super og'ir vazn toifasi vakili Dillian Uayt sobiq raqiblari Tayson Fyuri va Entoni Joshua qarama-qarshiligi haqida gapirdi.

Dillian Uayt barcha boks muxlislari singari bu ikki bokschi hali xam o'zaro kelishuvga erisha olmaganidan hayratda.

"Nega hali xam bu jang tashkil etilmaganiga hayronman. Agar bu bokschilar to'qnash kelishsa, kuchlar teng bo'lishi aniq. Joshua kuchli zarbaga ega. Fyuri esa bo'y borasida kichik ustunlikka ega va bo'yi pastroq raqiblarga qarshi jangda bu qo'l keladi. Ammo, Joshua unga aniq zarba bera oladi", - deya Uaytning so'zlarini keltiradi The Ring.

Avvalroq, Tayson Fyurining otasi Jon Fyuri Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirnni keskin tanqid qilgandi.


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»