Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 01:06
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Qozog'istondagi siyosiy vaziyat endi sportga ko'chdi. Olimpiada chempioni Prezidentga vazirni almashtirishni so'rab murojaat qildi
  17 Yanvar, 14:45  8

.

Baxit Sersekbaev Prezidentga murojaat qildi.

2008 yilgi Olimpiada chempioni Baxit Sarsekbaev Instagramda Qozog'iston prezidenti Qosim-Jomart Tokaevga mahalliy sportdagi jiddiy muammoni hal etishni so'rab murojaat qildi.

«Art.sport degan yaxshi davlat dasturi bor. Bu millionlab qozog'istonlik bolalarga davlat tomonidan moliyaviy ko'mak bilan barcha sport turlari bo'yicha taniqli murabbiylar, jumladan chempionlar bilan bepul mashg'ulotlar o'tkazish imkoniyatini beradi. Davlat o'z farzandlarini qo'llab-quvvatlashga va bo'lajak chempionlarni etishtirishga manfaatdor va tayyor. Men bunday imkoniyatdan xursand bo'lib, 5 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun boks zalini ochishga qaror qildim, uni jihozladim, bolalarga boks bo'yicha mashg'ulot o'tish uchun murabbiylarni barcha harajatlar davlat tomonidan to'lanishini vada qilib ishga oldim.


Ammo kecha menga Olmaota sport boshqarmasidan mamlakatdagi so'nggi voqealar tufayli moliyalashtirish to'xtatilgani va dastur ishlamasligi haqida xabar berishdi. Sport va bolalarning bunga nima aloqasi bor, degan savolimga sport boshqarmasi xodimi «Siz Olmaotada nima bo'lganini bilasizmi?» degan savol bilan javob berdi. Bundan nega yana sport aziyat chekmoqda ???

Sportdan pulni tejab, shaharni tiklashga qaror qildingizmi? Agar menga o'z bilimimni, texnikam va tajribamni yosh avlod bilan bo'lishishga imkon bermasangiz, unda kimga bu imkoniyatni beryapsiz, kimni moliyalashtiryapsiz?

Sport madaniyat bilan birlashgani sababli, sport o'gay onaning sevilmagan o'gay farzandiga aylandi, eng kam etibor sportga qaratiladi va biz olgan narsamizni olamiz. Pianinochi va bastakor sportni boshqarar ekan, sport faqat va faqat tubsizlikka tushib boraveradi, Qozog'iston mustaqillik yillaridan buyon ilk bor Olimpiadadan sharmanda bo'lib qaytdi.

Bazi tushunarsiz «madaniy» tadbirlar va otarchilar uchun budjetda har doim pul bor, lekin sport uchun yo'q. Bir necha yillardan buyon oligarxlar sportni o'zlariga «yaylov» qilib olishdi, MOQ va Boks federaciyasi rahbariyatida sportdan yiroq, milliy sportning kelajagi, sportchilar hayoti va ehtiyojlari haqida qayg'urmaydigan odamlar bor. 


(Timur Kulibaev - Qozog'iston Milliy Olimpiya Qo'mitasi prezidenti)

Milliy qahramonlar, Olimpiada chempionlari ishdan chetda qolib ketishdi, ular vataniga kerak emas edi. Garchi ular hali ham mamlakatga xizmat qilishlari, yosh sportchilarni yangi rekordlar sari rag'batlantirishlari mumkin bo'lsada… Bizning eng yaxshi sportchi va murabbiylarimiz esa chet elda ish qidirishga, boshqa davlatlarga xizmat qilishga, xorij chempionlarini etishtirishga majbur. Bu O'zbekistonning o'tgan yili Tokio-2020 Olimpiadasidagi natijalariga misoldir.


(Erjas Boltaev- og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi)


(O'zbekiston og'ir atletika terma jamoasi)

Og'ir atletika bo'yicha mashhur murabbiyimiz O'zbekistonga yo'l oldi, uning o'zbekistonlik shogirdi o'z yurtiga oltin medal olib keldi, murabbiyimizga rahmat. Va bunday misollar juda ko'p. Sportchilarimiz tilanchilik qilishyapti, non uchun chet davlatlarga ketishga majbur. CHempionlar va xizmat ko'rsatgan sport ustalariga umrbod to'lanadigan to'lov juda kam, taxminan 70 ming tenge va uni olish uchun siz byurokratiya do'zaxining eti darvozasidan o'tishingiz kerak. Qo'shni mamlakatlarda esa bu to'lov bir necha baravar yuqori. Janob Prezident Tokaev, shu muammoga etiboringizni qaratishingizni so'rayman, sport va madaniyatni bir-biridan ajratishingizni, sport olamiga befarq odamni sport boshiga qo'ymasligingizni so'rayman! Janob vazir Abaev, sizni bu lavozimda hali tanimayman, natijani bizga ko'rsatasiz degan umiddaman.


(Dauren Abaev - Madaniyat va sport vaziri)

Men Qozog'iston sportini qo'llab-quvvatlayman, Olimpiada chempioni Baxit Sarsekbaev, sizga murojaat qilaman! Sportga etibor bering, shunda Qozog'iston bayrog'i butun dunyoda bir necha bor hilpiraydi! Mustaqil yurtimning o'g'il-qizlari esa oldimizga bor oltin medallar bilan qaytishadi!» , - deb yozdi Sarsekbaev Instagramdagi sahifasida.


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»