Hi, Guest! Soat: 08:25
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
"PSJ"da Donnarummadan tashqari yana qaysi futbolchilarning uyiga o'g'ri tushgan?
  21 Iyul, 19:30  18

.

Janluidji Donnarumma va uning rafiqasi Parijdagi uyida o'g'irlik qurboni bo'lishdi. Biroq, italiyalik futbolchi Frantsiya poytaxtida talon-taroj qilingan “PSJ”ning birinchi futbolchisi emas. Parijlik futbolchilarni o'g'rilar suyadi, shekilli. Yana 8 nafar futbolchi “PSJ” tarkibidaligida o'g'rilar hujumiga uchragan.Ular kimlar va qancha zarar ko'rishgani bilib olamiz.

Presnel Kimpembe

Ikki kishi 2022 yilning 25 noyabr kuni 27 yoshli frantsiyalik himoyachining uyiga o'g'irlikka tushadi. Yaqin manbaga ko'ra, etkazilgan zarar 5000 evroga baholangan.

Markinos

2021 yil 14 mart kuni Markinos futbolda bo'lgan paytda uyiga bosqinchilar tushadi. Uning oilasi haqiqiy dahshatni boshdan kechirdi, ular jismoniy tajovuzga uchradi. Firibgarlar 1300 funt naqd pul va bir nechta hashamatli sumkalar bilan qochib ketishgan.

Anxel Di Mariya

Anxel Di Mariyaning uyi Markinosning uyi bilan bir kechada shafqatsizlarcha talon-taroj qilingan. Dastlab, bosqin paytida Di Mariyaning oila a'zolari garovga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq keyinroq ma'lum bo'lishicha, voqea vaqtida Di Mariyaning rafiqasi va ikki qizi uyda bo'lgan, biroq jabrlanmagan.

Tiago Silva

2018 yil 22 dekabr kuni o'g'rilar uning uyiga bostirib kirib, seyfini o'g'irlab ketishgan. Seyfda taxminan 1,5 million evrolik buyumlar bo'lgan.

Dani Alves

2019 yilning fevral oyida “PSJ”ning “Monpele”ga qarshi o'yinida Dani Alvesning uyiga o'g'rilar kirgan. Xabar qilinishicha, zarar 10 ming evrodan oshgan.

Erik Maksim Chupo-Moting

Futbolchi ikki marta talonchilikka urinishdan omon qolgan. Birinchisi 2018 yilning 28 noyabrida “Liverpul” bilan o'yinda, ikkinchisi esa o'sha yilning 24 dekabrida yuz bergan. Umuman olganda, ushbu voqealar paytida futbolchidan 600 ming evrolik buyumlar o'g'irlangan.

Mauro Ikardi

2021 yilning 30 yanvarida “Loren”ga qarshi o'yinda o'g'rilar Ikardining uyidan jami 400 ming evroga yaqin zargarlik buyumlari, soatlar va kiyim-kechaklarni o'g'irlab ketishgan.

Serxio Riko

2023 yil 22 yanvarda Serxio Rikoning uyiga bosqinchilar kirgan. Qaroqchilar taxminan 25 ming evrolik soatlar va taqinchoqlarni olib ketishgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»