Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 02:37
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
"PSJ" 80 million evroga hujumchi xarid qilishi mumkin
  14 May, 11:20  14

.

Agar Kilian Mbappe jamoani tark etsa, parijliklar uning o'rniga Lissabonning "Benfika" klubi hujumchisi Darvin Nunesni qo'lga kiritishga harakat qiladi, deb xabar beradi Marca.

Urugvaylik yosh futbolchini Parij klubi rahbarlari klub yulduzi Kilian Mbappening o'rnini bosuvchi hujumchi sifatida ko'rmoqda.

"PSJ" forvard uchun kurashda "Barselona", "Atletiko Madrid" va "Manchester Yunayted"ga qarshi kurash olib boradi.

Manbaga ko'ra, Nunesning "Benfika" bilan shartnomasida tovon puli 150 million evro qilib belgilangan, ammo Lissabon klubi uni pasaytirishga tayyor.

Darvin joriy mavsumda “Benfika” safida 41 ta o'yinda maydonga tushib, 34 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt 22 yoshli Nunesni 40 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»